
Faoliyat
Yaqindagi dasturlar, MOUlar va delegatsiyalar haqidagi hisobotlar.
Dasturlar ko'lami
- O'tkazilgan tadbirlar
- 10+
- Jami ishtirokchilar
- 200+
- Qamralgan hududlar
- 5
- Sherik muassasalar
- 8+
O'tkazilgan tadbirlar
Jami ishtirokchilar
Qamralgan hududlar
Sherik muassasalar
BoshqaO'zbekiston Davlat Texnika Universitetiga tashrif
JBSD rahbari hamda mas'ul xodimlarimiz birgalikda O'zbekiston Davlat Texnika Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u yerda yapon tili bo'yicha tahsil olayotgan talabalar hamda mas'ul sensei bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Kelajakda ushbu universitet talabalarining ish faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qancha kerakli masalalar ko'rib chiqildi. Tez orada Texnika universiteti hamda JBSD o'rtasi MOU tuzilishiga kelishib olindi.
Toshkent
DelegatsiyaYamagata kompaniyalarining O‘zbekistonga tashrifi
2026-yilning 17-iyun kuni Yaponiyaning Yamagata prefekturasidan bir qancha ishbilarmon tadbirkorlar tashrif buyurdi. 3 kun davomida O'zbekistonning yapon tiliga bog'liq bo'lgan muassasalarga tashrif buyurib, o'quvchilarning bilim-ko'nikmalari, yapon tili darajalari bo'yicha o'rganish olib borishdi. Kelgusida O'zbekistondan Yaponiyaga IT, parvarish hamda logistika sohasi bo'yicha malakali kadrlarni jo'natish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Toshkent
MOUO'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti bitiruvchi talabalarining Yaponiyada ish faoliyatini qurishga ko'maklashish taklifi
Bizga Jahon tillari universiteti tomonidan ushbu universitetning yapon tili fakultetini bitiruvchi talabalarini qo'llab-quvvatlash hamda Yaponiyada o'z karyerasini shakllantirish bo'yicha taklif bo'lganligi bois 2026-yil 13-may kuni firmamiz rahbari Tomihiko Sato va xodimlarimiz bilan birgalikda OzJTU ga tashrif buyurdik. Uchrashuv davomida O'zbekiston Jahon Tillari Universiteti rektori, xalqaro bo'lim boshlig'i hamda mas'ul ustozlar bilan uchrashib, mavjud muammolar bo'yicha gaplashdik va universitet talabalarining yaponiyada o'z karyerasini qurishda ko'maklashish bo'yicha o'z taklifimizni berdik. Biz bergan taklif universitet rahbariyati tomonidan iliq qabul qilinib kelajakda MOU tuzishga kelishib olindi.
Toshkent
Forum1-Karakalpakstan Xalqaro Turizm Forumi
2026-yil 23-aprelda Nukus shahrida o'tkazilgan "1-Karakalpakstan turizm forumi"ga taklif etildik. Ushbu forum davomida 10 dan ortiq davlatlar, jumladan, Turkiya, Italiya, Norvegiya, Fransiya, Rossiya, Ozarbayjon va Qozog'istondan nufuzli xorijiy turkompaniyalar vakillari qatnashib, Qoraqalpog'istonning boy turizm madaniyatini yuqori e'tirof etishdi. JBSD rahbari sifatida ishtirok etgan Tomihiko Sato ham forumdan so'ng turizmga bog'liq mas'ullar va mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashib, o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
Nukus (Qoraqalpog'iston)
TreningU-HOPE Biznes reja taqdimoti
Nihoyat, U‑HOPE Karakalpakstan loyihasi ishtirokchilari qariyb 8 oy davomida o'rgangan bilimlari va mentor senseilarimizdan olgan ko'nikmalariga tayangan holda o'z biznes rejalarining taqdimotini o'tkazishdi. Taqdimot marosimida har bir guruh mahalliy hududlarda aholi duch kelayotgan muammolar hamda ushbu muammolarning yechimi, bozor tahlili va ehtiyojlarini batafsil yoritib berishdi
Nukus (Qoraqalpog'iston)
TreningTadbirkorlik dasturi — 2-seminar
Nukusda ikkinchi seminar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar jamoaviy biznes-rejalar ishlab chiqish orqali mentorlik metodlari bilan tanishtirildi va kelajakdagi tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlovchi mentorlar tarmog'i shakllantirildi.
Nukus (Qoraqalpog'iston)
MOUMamun universiteti bilan MOU imzolandi
Direktor Urganchdagi Mamun universitetiga tashrif buyurib, rais va rahbariyat a'zolari bilan uchrashdi va yangi tashkil etilgan kafedra bo'yicha MOU imzoladi. Universitetda hozirda 14,000+ talaba tahsil oladi, yangi binoning qurilishi yakunlangach 18,000 ga yetadi.
Urganch (Xorazm)
DelegatsiyaYamagata prefekturasi delegatsiyasini qabul qilish
Yamagata prefekturasi va mahalliy kompaniyalar delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi — Toshkent markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, JICA, JETRO, Grow Project o'quv markazi, Sharqshunoslik universiteti, Jahon tillari universiteti va Japan Digital University tashriflari.
Toshkent
Forum5-O'zbekiston–Yaponiya universitet rektorlari yig'ilishida ishtirok
Direktor Tomihiko Sato Yamagata universiteti vakili sifatida ishtirok etdi va shu munosabat bilan Sharqshunoslik universiteti bilan yangi kafedra to'g'risida MOU imzoladi.
Samarqand
